Vazirlar Mahkamasining 15 apreldagi qarori bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda byudjetdan tashqari «Obod va xavfsiz mahalla» jamg‘armasi tashkil etildi.

Jamg‘arma mablag‘lari «xavfsiz mahalla» tamoyilini joriy etish, oila va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, keksalar va faxriylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish va boshqa maqsadlarda sarflanadi.

Bundan tashqari, jamg‘arma hisobidan aholini oilaviy va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish hamda ularning tomorqa yerlaridan samarali foydalanishga ko‘maklashish, fuqarolar moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, sohaga AKTni joriy etish etish ham belgilangan.

Shuningdek, qaror bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi to‘g‘risidagi hamda «Obod va xavfsiz mahalla» jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.