Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 3 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bemorlar respublika sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 1 nafari Toshkent shahridan bo‘lib, Toshkent-Qo‘ng‘irot yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdda Qoraqalpog‘istonga borgan. Ikki nafari esa Nukus shahridan ota-bola bo‘lib, kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan.

O‘zbekistonda 17 aprel kuni 27 nafar bemor tuzalib, jami koronavirusdan sog‘aygan bemorlar soni 156 nafarni tashkil etmoqda.