Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 6 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bemorlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 2 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 4 nafari Andijon shahridan, 2 nafari esa Andijon tumanidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 4 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 10 nafarni tashkil ilmoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 146 nafarga yetdi.