Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida 13 aprel kuni E.M. boshqaruvida bo‘lgan «VAZ-2102» rusumli avtomashinani Farovon ko‘chasida boshqarib ketayotib, velosipedchi M.B.ni urib yubordi, deya xabar qildi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.

Velosipedchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, biroq olgan jarohatlaridan u yerda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Yo‘l harakati xavfsizligi yoki transportdan foydalanish qoidalarining buzilishi odam o‘limiga olib kelsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.