Namangan viloyatining Pop tumanida Shifoxona va karantin hududi qurilishi boshlandi, deya xabar qildi O‘zA.

Shu maqsadda «Mirishkor» mahalla fuqarolar yig‘inidagi kenglik maydondan 16 gektar yer ajratildi. Unda 1200 o‘rinli karantin hududi, 150 o‘rinli maxsus shifoxonaning qurilish ishlari davom etmoqda.

Karantin hududi va shifoxona ma’muriyat, qabulxona-tashxislash, laboratoriya, dorixona, markaziy stirilizatsiya, jarrohlik, jonlantirish bo‘limlari, statsionar palatalar, shifoxona va texnik xodimlarning yashash joylaridan iborat bo‘ladi.

Xabarda qayd etilishicha, qurilish ishlari loyiha talablari hamda karantin qoidalariga amal qilgan holda o‘n kun ichida yakuniga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.