15 aprel kuni Rossiyaning «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi Yekaterinburgdan Toshkentga mehnat muhojirlarini evakuatsiya qilish uchun maxsus reysni amalga oshirdi. Bu haqda TASS aviatashuvchi matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi. Bort soat 20:00 da qo‘ndi.

Mazkur reys Rossiya IIVning Yekaterinburg bo‘yicha boshqarmasiga qarashli Chet ellik fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun tashkil etildi.

Reys O‘zbekistonning Yekaterinburg bo‘yicha Bosh konsulxonasi, Rossiya TIV, Sverlovsk viloyat Gubernatorligi va boshqalar ishtirokida tashkil etildi.