O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining hammuassisi Bennet Friman, Ishchilar huquqlari bo‘yicha xalqaro forum ijrochi direktori Judi Gerxard, Cotton Campaign koordinatori Ellison Gillga koalitsiyaga mamlakatda ishlab chiqarilgan paxtadan foydalanganlik uchun boykotni bekor qilish talabi bilan ochiq murojaat yo‘lladi.

Murojaatda qayd etilishicha, O‘zbekistonning ba’zi tarmoqlari va korxonalari koronavirus tarqalishining oqibatlariga moslashishga harakat qilmoqda va hukumat aholining zaif qatlamlariga yordam berishga urinayotganiga qaramay, mamlakat iqtisodiyotini saqlab qolish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish zarur.

Nozim Husanov hukumatning tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolik jamiyati vakillari bilan hamkorlikda «paxta sanoatida transformatsion islohotlarning yangi sahifasini» boshlashga tayyorligi haqida ma’lum qildi. Yangi sahifaga erkin o‘tish va aholiga muhim o‘zgarishlar taqdim etish uchun vazir koalitsiyani o‘zbek paxtasidan boykotni olib tashlashga chaqirdi.

«Biz ishchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha O‘zbekistonda hali ko‘p ishlar qilinishi kerakligini yaxshi bilamiz va yaqinda amalga oshirilayotgan koalitsiya tomonidan berilgan muhim tavsiyalarni inobatga olamiz», deyiladi bayonotda.

«Shu kunlarda O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi tufayli aholi salomatligi va iqtisodiyot uchun misli ko‘rilmagan ikki baravar xavfli tahdidga duch keldi… Bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozori misli ko‘rilmagan bosimni boshdan kechirmoqda: respublikaning 1,5 milliondan ortiq fuqarolari ishsiz. Mamlakat qattiq yakkalanib qolgani sababli, 150 mingga yaqin ishchi ishsiz qoldi, 140 mingdan oshiq fuqarolar — vataniga doimiy daromadsiz qaytgan mehnat muhojirlari, 200 mingdan ortiq oila qashshoqlik ostidadir», — dedi Nozim Husanov.

«Davlat korxonalari, xususiy sektor va butun mehnat bozori iloji boricha yangi sharoitlarga moslashishga harakat qilmoqda, ammo milliy iqtisodiyotga juda zarur bo‘lgan yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun ko‘p kuch sarflash kerak. Shunday qilib, sizning paxta boykotini bekor qilish to‘g‘risidagi qaroringiz hal qiluvchi bo‘lishi mumkin», — deya ta’kidladi mehnat vaziri.

To‘qimachilik sanoati ish bilan ta’minlashning еtaкчи tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Qariyb 7000 ta korxonada 200 mingdan ortiq ishchilar mehnat qiladi, bu deyarli 1 million kishini barqaror daromad bilan ta’minlaydi. «Bizning dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘zbek paxtasidan boykotning olib tashlanishi to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmini ikki baravar oshirishi mumkin va bu juda zarur ish o‘rinlarini yaratadi», — deyiladi murojaatda.

«AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksportni qayta tiklanishi ham COVID-19 koronavirus pandemiyasiга qarshi global kurashda muhim rol o‘ynashi mumkin. O‘zbekistondagi to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari qisqa vaqt ichida shaxsiy himoya vositalarini (SHHV) ishlab chiqarishni o‘n baravar oshirishga erishdilar. Agar ulgurji va chakana sotuvchilar boykotdan qo‘rqmaslik kerakligini bilsalar, o‘zbek matolaridan tayyorlangan niqoblar, jarrohlik xalatlar va boshqa turdagi shaxsiy himoya vositalari global tanqislikni hal qilishda yordam beradi», — dedi Nozim Husanov.

«Umid qilamizki, boykotni tugatish to‘g‘risidagi iltimosimizni fuqarolarimizga og‘ir kunlarda o‘zlarining tirikligini ta’minlash va kelajakka katta umid bilan qarashga imkon beradigan o‘zbek xalqi bilan birdamlik harakati sifatida ko‘rib chiqasiz», deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, Cotton Campaign («Paxta kampaniyasi») — bu paxta sanoatida majburiy mehnatga chek qo‘yish uchun birlashgan xalqaro inson huquqlari tashkilotlari, kasaba uyushmalari, ijtimoiy mas’ul sarmoyadorlar va biznes uyushmalarining koalitsiyasidir. Mazkur harakat 2007 yildan o‘z faoliyatini olib boradi va unga Yevropa va AQSHning ko‘plab yetakchi savdo belgilari va kompaniyalari kiradi.