Jons Xopkins instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 16 aprelga qadar dunyoda 2 milliondan ortiq kishida COVID -19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

137 ming kishi vafot etdi, 512 ming kishi tuzaldi.

Koronavirus bilan kasallanish holatlari eng ko‘p AQSH (639 ming), Ispaniya (180,6 ming) va Italiyada (165,1 mingta) qayd etilgan.

Germaniyada 134,7 mingta COVID-19, Fransiyada 134,5 mingta, Buyuk Britaniyada 99,4 mingta va Xitoyda 83,4 mingta holat aniqlangan.

Chorshanba kuni ertalabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 1349 kishida koronavirus aniqlangan.