16 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1349 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni esa hozirda 107 kishini tashkil etmoqda. To‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Ma’lumot uchun, AQSHdagi Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab 2,06 milliondan ziyod odamlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 512,092 nafari sog‘aygan va 137,020 nafari vafot etgan.