Koronovirusdan tuzalgan yoki karantinda bo‘lgan shaxsni kamsitganlik uchun ma’muriy jarima belgilanlanligi Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Urinbayeva tomonidan eslatib o‘tildi.

«Konstitutsiyamizga ko‘ra, hech kim inson qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Har bir fuqaro o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan qonun bilan himoyalangan», — dedi Sevara Urinbayeva.

Ma’lumotga ko‘ra, koronavirusdan tuzalgan yoki karantinda bo‘lgan shaxsni haqorat qilganlik, sha’ni va qadr-qimmatiga putr yetkazganlik, kamsitganlik uchun shaxslarga 9 mln so‘mgacha ma’muriy jarima belgilangan.

Agar, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng ushbu qilmish takroran sodir etilsa, shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi.