Prezidentning 14 aprel kunidagi qarori bilan Choriyev Jasurbek Ergashevich O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar J.Choriyev O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.