15 aprel kuni Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti klinikasi jamoasi tarkibi almashdi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ushbu klinikaning 67 nafar xodimi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligida mas’ullar tomonidan reabilitatsiyaga kuzatildi. Endilikda ular o‘rnida navbatdagi tibbiyot xodimlari faoliyat boshlashadi.

Ushbu klinikada 14 aprel kuni 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan edi.

Ayni paytda mazkur shifoxonada davolanayotgan yuzdan ziyod bemorlar davolanmoqda.