14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Baxrom Ashrafxanov Toshkent shahridan Boku shahriga yetib keldi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

U bunga qadar O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Ijrochi direktori lavozimida ishlagan.

Baxrom Ashrafxanov (1969 yil tug‘ilgan) Toshkent politexnika instituti (1990), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1993) va Kentukki Universitetlarini (SSHA, 1994) bitirgan.

Pensiya jamg‘armasining direktori sifatidagi faoliyatidan oldin, moliya vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari (2018 yil sentyabr oyidan), «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2016−2018 yillarda u O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi bo‘lgan.