Koronavirus alomatlari sezilgan ayol 5 marotaba shifoxonaga murojaat qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Sodiqjon Berdialiyev brifingda ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro 19 mart kunidan 4 aprel kuniga qadar, ya’ni 16 kun mobaynida tana harorati ko‘tarilib, xolsizlik sezayotganligi bois 4 marta Yunusobod tumanidagi 51-sonli Oilaviy poliklinikaga va 7-sonli shahar klinik shifoxnasiga murojaat qilgan.

Shifokorlar unga tibbiy yordam va muolajalar ko‘rsatib, uyiga ketishiga ruxsat berishgan.

Ayolning sog‘lig‘i og‘irlashib, 5-marta shifoxonaga murojaat qilganidan so‘ngina undan virusologik tekshiruv uchun namuna olingan.

Tekshiruv natijasida unda koronavirus aniqlanib, u va u bilan muloqatda bo‘lgan 30 dan ortiq fuqarolar karantinga olingan. Bemor bilan muloqatda bo‘lgan xamshira va boshqalarda ham koronavirus aniqlangan.