Bobur Parpiyev Orient Finans Bank rahbari lavozimini muddatidan oldin tark etdi. Tegishli qaror bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilindi, deya xabar berdi Spot.uz o‘z manbasiga tayanib.

Ma’lum qilinishicha, 22 maydan boshlab bankni 2016 yildan beri boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Toxir Junaydullayev boshqaradi.

Bobur Parpiyev o‘z ihtiyori bilan lavozimni tark etdi. U 22 maydan boshlab yangi tarkibdagi Orient Finans Bank kuzatuv kengashi a’zosi sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda bank aksiyalarini fond birjasining kotirovka ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.