Toshkent shahridagi 17-sonli shifoxona va 8-sonli oilaviy poliklinika karantinga yopildi. Bu haqda 14 aprel kuni AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Otabek Nurmatov bu haqda berilgan savolga javob berar ekan: «Ha, to‘g‘ri. 17-shahar klinik kasalxonasi va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-oilaviy poliklinika karantinga yopildi», — deya ushbu xabarni tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bemorlardan biri bilan muloqotda bo‘lgan shaxsda koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan keyin poytaxtdagi 6-sonli tug‘ruqxona ham barcha bemorlari, jumladan bolalar, homilador ayollar hamda shifokorlari bilan 14 kunlik karantinga olingan edi.