«O‘zbekneftgaz» AJ dizel yonilg‘isi bir litrining birjalardagi bahosini, 14 aprel kunidan e’tiboran 5600 so‘m sifatida belgiladi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» axborot xizmati xabar berdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan dizel yonilg‘isi bir litrining birjalardagi narxlari yanvar-fevral oylari davomida 7500 so‘mlik qiymatni saqlab qolgan edi.

So‘nggi uch oy davomida dizel narxi deyarli 2000 so‘mga arzonlashtirildi.

Oldinroq Ai91 va Ai92 markali benzin yoqilg‘ilarining narxi pasaytirilganligi haqida xabar berilgan edi. Ai80 benzining narxi davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilingan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 30 mart kunidan boshlab Buxoro neftni qayta ishlash zavodida O‘zbekistonda ilk bora «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isining ishlab chiqarilishi ham yo‘lga qo‘yilgan edi.