Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rahbari Tedros Gebreyesus COVID-19 koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan karantin cheklovlarini bekor qilishda ehtiyotkorlikka chaqirdi, deyiladi BMT matbuot xizmati xabarida.

«Biz bilamizki, COVID-19 juda tez tarqalmoqda va uning halokatli ekanligini anglaymiz: koronavirus 2009 yildagi gripp epidemiyasidan 10 baravar ko‘proq odamni o‘ldirmoqda. Biz bilamizki, virus juda ko‘p odamlar yashaydigan joyda, masalan, qariyalar uylarida tez tarqaladi. Biz bilamizki, virusni yuqtirishning oldini olish uchun har bir holat o‘z vaqtida aniqlanib, tekshiruv o‘tkazilishi, har bir yuqtirgan odam izolyatsiya qilinishi va davolanishi kerak. Biz bilamizki, ba’zi mamlakatlarda bu kasallikka chalinganlar soni har 3−4 kunda ikki baravar ko‘paymoqda», — dedi Tedros Gabreyesus

Bundan tashqari, virusning tarqalishi sekinlashuvlarga qaraganda ancha yuqori. Boshqacha qilib aytganda, JSST rahbari «cho‘qqiga ko‘tarilish tushishdan ko‘ra tezroq» deb tushuntirdi. Bu shuni anglatadiki, «qattiq» choralar asta-sekin, doimiy monitoring orqali va «sog‘liqni saqlash tizimi infeksiyaning yangi holatlarini kuzatib, ularni davolashga qodir bo‘lsa va qaytadan avj olishni samarali hal qilishga tayyor bo‘lsa» bekor qilinishi kerak.

Xususan, yaqingacha koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Italiya va Ispaniya cheklovlarni енгиллаштириш haqida o‘ylamoqda. Euronews xabariga ko‘ra, oltinchi hafta karantin va o‘zini yakkalash tartibi boshlangan Italiyada ba’zi joylarda choralarning yengillashishi kuchga kirdi. Misol uchun, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun buyumlar sotiladigan do‘konlar ochildi.

13 aprel kuni Ispaniyada 3 million kishi ishga qaytdi: qirollikda koronavirus infeksiyasining yangi aniqlangan holatlari ikkinchi kundirki kamaymoqda. Xususan, қурилиш sohasi o‘z faoliyatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo bu choralar jamiyatning bir qismi tomonidan keskin tanqidga uchramoqda. Kasaba uyushmalari va ba’zi siyosatchilar mamlakatda taxminan 17,7 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgan pandemiyaning yangidan avj olishidan qo‘rqmoqda.

14 apreldan boshlab Avstriya koronavirus uchun cheklovlarni olib tashlashni boshladi: birinchi bo‘lib kichik do‘konlar o‘z faoliyatini boshlaydi, ammo mamlakat chegaralari sentyabr oyigacha ochilmaydi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Ba’zi davlatlar cheklovlarni енгиллаштиришни rejalashtirayotgan bo‘lsa, boshqalari ularni joriy qilishni ko‘rib chiqmoqdalar — asosan o‘rtacha va kam daromadli Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyodagi mamlakatlar.

Hisobotga ko‘ra, 1,4 milliard bola maktabga bormaydi, bu shunchaki o‘qishni to‘xtatmadi — ularning ba’zilari zo‘ravonlik qurboni bo‘lishmoqda va ko‘pchiligi ovqatlanish uchun yagona imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi, deyiladi xabarda.

AQSHdagi Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab 1,93 milliondan ziyod odamlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 120 mingdan ortiq kishi vafot etdi.