14 aprel kuni Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 4 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Sog‘ayganlardan (barchasi erkak) uch nafari (ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari samarqandlik) charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan. Yana bir nafari esa qashqadaryolik bo‘lib, charter reys orqali Rossiyadan Buxoroga kelgan. Barchasi karantinda bo‘lishgan va koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishni boshlashgan.

Bundan avalroq, 12 aprel kuni ham ushbu viloyatda to‘rt nafar bemorning to‘liq sog‘aygani xabar qilingan edi. Shunday qilib, ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 89 nafarga yetdi.