14 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 nafarga oshib, jami 1054 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni esa hozirda 85 kishini tashkil etmoqda. To‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi.