10 apreldan boshlab xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida «Ishonch telefoni» xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA), Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi bilan birgalikda amalga oshirilgan.

Xotin-qizlar telefon raqamlari orqali «Ishonch telefoni» operatoridan oilada huquqbuzarlikning oldini olish masalalari bo‘yicha bepul maslahat olishlari mumkin.

Huquqshunos: +99897 137 26 26;

Ruhshunos: +998 97 137 27 27;

Ishonch telefoni operatori: +99897 137 24 24

Barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob olish mumkin bo‘ladi.

«Ishonch telefoni» xizmati har kuni 8−00 dan 18−00 gacha uch oy karantin davrida davomida faoliyat ko‘rsatadi.

Oldinroq, BMT Bosh kotibi karantin davomida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonilk kuchayish xavfi haqida gapirib o‘tgan edi.