13 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 998 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Kun davomida kasallikning 133 yangi holati qayd etildi (bir kun oldin — 98).

Koronavirusdan sog‘aylangan soni esa hozirda 85 kishini tashkil etmoqda. To‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Shuningdek, 80,3 mingdan ortiq odam karantinda, shundan 57,6 ming kishi uyda, 22,7 ming kishi esa statsionarlarda.