13 aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 kishiga ortib, jami 934 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Avvalroq mamlakatda yana 31 kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 896 taga yetgani xabar qilingan edi. Shunday qilib, kunlik o‘sish ko‘rsatkichi 69 taga yetdi.