Ayni paytda Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan 97 nafar koronavirusga chalingan bemordan to‘rt nafari sog‘aydi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birgalikda, Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan yana 11 nafar bemor butunlay sog‘aydi.

Sog‘aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 8 nafari ayollardir. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 13 aprelning o‘zida 19 nafarga yetib, jami 85 nafarni tashkil etmoqda. Barcha sog‘ayganlar reabilitatsiyaga joylashtirildi.