Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

«Sog‘ayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro bo‘lib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi», — deyiladi xabarda.

Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 68 nafarга yetdi.