O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi kronavirus tasdiqlangan yana besh nafar bemorning to‘liq sog‘aygani haqida xabar qildi. To‘rt kishining Buxoroda, bir kishining esa Xorazm viloyatida tuzalgani qayd etildi. Jami sog‘ayganlar soni 66 nafarga yetdi.

Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan davolanib chiqqan bemorlarning ikki nafari (biri Andijon, biri Toshkent viloyatidan) Buxoroga Turkiyadan kelgan. 26 mart kuni ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Yana farg‘onalik ikki bemor esa charter reys orqali Rossiyadan Buxoroga kelgan.

Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan chiqarilgan 32 yoshli bemor (Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) esa Urganchga charter reys bilan Rossiyadan kelgan. Unda koronavirus 25 mart kuni aniqlangan.

Avvalroq, yakshanba kuni Virusologiya ilmiy-tadqiqot institituti klinikasida davolangan 19 kishining sog‘aygani xabar qilingan edi.

Barcha sobiq bemorlar reabilitatsiyaga jo‘natildi.