2020 yil 12 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 833 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Bundan avvalroq jami holatlar 29 taga ortib, 796 taga yetgani xabar qilingan edi. Shunday qilib, yakshanba kuni O‘zbekistonda yangi koronavirus holatlari 66 taga ko‘paydi.

Hozirga qadar bu bemorlarning 42 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 4 nafari hayotdan ko‘z yumdi.