12 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 796 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni yangi COVID-19 holatlari jami 98 taga oshib, 669 tadan 767 taga o‘sgan edi. Shuningdek, farg‘onalik 59 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi.

O‘zbekistonda koronavirus ilk bor qayd etilgan 15 martdan buyon buyon 42 kishi to‘liq sog‘aydi, 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi.