O‘zbekistonda yana 19 nafar bemor koronavirusdan to‘liq sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi.


Natijada, ayni paytda sog‘ayganlar 61 nafarga yetdi.

Qayd etilishicha, bemorlarni davolashda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, shuningdek, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi qator davlatlarning nufuzli mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanilmoqda. Bundan tashqari, mamlakatning pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi mutaxassislari bilan telemuloqot o‘rnatilib, zarur tavsiyalar olinmoqda.