AI-91 markali benzin narxi arzonlashtirildi va 13 aprel kunidan boshlab 5600 so‘m qilib belgilandi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ axborot xizmati xabar berdi.

26 martdan AI-92 markali benzinning narxi ham pasaytirilgan edi.

Oldinroq, «Gazeta.uz»ning manbasi benzin yoqilg‘ilarining narxi pasaytirilib borilishi haqida xabar bergan edi. AI-95 markali benzin narxi ham pasayishi kutilmoqda.