10 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 624 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, 9 aprel kuni jami tasdiqlangan holatlar avvaliga 9 taga oshib, umumiy 555 taga, so‘ngra yana 27 taga oshib, 582 taga yetgan edi.

Bundan tashqari, 9 aprel kuni 8 nafar bemor, shu jumladan O‘zbekistondagi birinchi koronavirus bemori ham to‘liq sog‘ayib, ushbu kasallikdan tuzalganlar soni 38 nafarga yetdi.