10 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 669 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Juma kuni 87 ta yangi COVID-19 holati haqida xabar qilindi.

Ayni vaqtga qadar 42 kishi to‘liq sog‘aydi. 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi.