8 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma olish uchun jami 194704 ta ariza taqdim etildi. Ushbu murojaatlarning 174493 tasi ko‘rib chiqildi. 33011 ta holatda arizalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, 142482 tasi rad etildi.

Stikerlar eng ko‘p Toshkent shahrida berildi — 17804 ta (71213 ta arizaning 62073 tasi ko‘rib chiqilgan. 44269 ta ariza esa rad etilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (3879), Namangan viloyati (1980), Andijon viloyati (1440), Farg‘ona viloyati (1157) va Xorazm viloyatida (1133) avtomobillar harakatlanishi uchun eng ko‘p stiker taqdim etilgan.


Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan, 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi. Ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan arizalar esa qanoatlantirilmasdan qoldiriladi.

Shu bilan birgalikda, avtomobil harakatlanishiga stiker talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati ham yangilandi. Unga ko‘ra, ayrim toifadagi transport vositalari ro‘yxatdan chiqarildi, ba’zilari esa yangi kiritildi (o‘zgarishlar).