8 aprel kuni Spark avtomobilining jarlik ustidagi suv quvurlaridan o‘tgani tasvirlangan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

O‘zbekiston IIV YHXBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, rolik 4 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tasvirga olingan.

Haydovchi J.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128−5-modda (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi) 2-qismiga ko‘ra bayonnoma tuzilib, BHMning 10 baravari (2,23 mln so‘m) miqdorida jarima belgilandi.

YHXBB yo‘l harakati ishtirokchilarini o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘ymaslik hamda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga chaqirdi.

Foto: IIV YHXBB.

9 aprel kuni tuman YHXB xodimlari sa’y-harakatlari bilan kelgusida boshqa haydovchilar ham shu kabi xavfli harakatlarni sodir etmasliklari uchun quvurlar ustiga to‘siq o‘rnatildi.