Noqulay ob-havo sharoiti tufayli turli hududlarda elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar paydo bo‘lgan. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Uzilishlar elektr qurilmalarida vujudga kelgan avariyaviy holatlar hamda qalin qor yog‘ishi oqibatida daraxt shoxlarining sinib, elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi natijasida yuzaga kelgan.


Hozirda «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining topshirig‘i bilan O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigadalari tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Vazirlik elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.