9 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 582 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bunga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9 nafarga oshib, umumiy 555 kishiga yetgani xabar qilingan edi.

Qayd etish joizki, ushbu bemorlarning 30 nafari to‘liq sog‘aygan bo‘lsa, uch nafari hayotdan ko‘z yumgan.