9 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9 nafarga oshib, umumiy 555 kishini tashkil qilmoqda.

Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtga kelib O‘zbekistonda 70 mingdan ortiq kishi koronavirusga test topshirgan. Hozirda statsionar va uy sharoitida karantinda bo‘lib turgan fuqarolarni (86 ming kishi) tekshirish ishlari davom etmoqda.