Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 5 apreldan Toshkentdagi 6-sonli tug‘ruqxona barcha bemorlar va tibbiyot xodimlari bilan karantinga yopilganini tasdiqladi. Bu haqda u 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

«Chunki bemorlardan biri bilan muloqotda bo‘lgan shaxsda koronavirus aniqlandi, — dedi u. — Shuning uchun butun tug‘ruq majmuasi 14 kunga karantinga yopildi».

Barcha bemorlar, tuqqan ayollar, bolalar va personal tibbiy kuzatuvga olinadi. 14 kunlik karantindan keyin tug‘ruqxona personali, mijozlari, bolalar orasida koronavirus infeksiyasi yo‘qligi aniqlansa, karantin bekor qilinadi.