7 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda umumiy 61 666 kishi koronavirusga test topshirgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov brifingda ma’lum qildi.

Oxirgi sutkada mamlakat bo‘ylab 5800 ta laboratoriya tahlili o‘tkazilgan. Laboratoriya tahlillar barcha hududlarda amalga oshirilmoqda.