Xorijdagi fuqarolar orasida ham koronavirusga chalinish holatlari yuz bermoqda, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Avazbek Xojimetov seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

«Bizda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Avstriya (1), Armaniston (1), AQSH (10), BAA (1), Koreya Respublikasi (1), Pokiston (5), Rossiya (1), Tailand (1) va Qozog‘iston (2)da bo‘lib turgan 23 nafar fuqaroda ushbu kasallik aniqlangan. Ulardan uch nafari vafot etgan», — dedi u.

Diplomatik vakolatxonalar ushbu fuqarolar va ularning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

TIV xorijdagi barcha fuqarolardan koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha mahalliy hokimiyat talablariga to‘liq rioya etish, jamoaviy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.