6 aprel kuni «Tamaki mahsulotlari bozorini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy kanalida e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, 1 iyundan import qilinadigan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan shimiladigan (snyus), chilim uchun tamaki, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga aksiz solig‘i kiritiladi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari qo‘shimcha pozitsiyalar bilan to‘ldirilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan qator tamaki mahsulotlarining aksiz solig‘i stavkalari miqdorlari belgilandi.

Tovar nomenklatura kodi
Mahsulot nomi
Aksiz solig‘i stavkalari miqdorlari
2403 11 000 0
Chilim uchun tamaki
25 / 1 kg
2403 19 100 0
Chekiladigan tamaki
25 / 1 kg
2403 99 100 0
Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan (snyus) tamaki
25 / 1 kg
2403 99 900 9
Qizdiriladigan tamaki mahsulotlari
25 / 1 kg
2403 99 900 9
Nikotinli tamakisiz snyus
10 / 1 kg
3824 99 930 0
3824 99 960 8
Tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar
0.045 / 1 ml

Hukumatga uch oy davomida tamaki, chilim, elektron sigaretalar, qizdiriladigan tamaki va nikotinli mahsulotlar aylanmasini tartibga soladigan qonun loyihasini parlament ko‘rib chiqishi uchun kiritish vazifasi yuklandi.