7 aprel kuni Oliy Majlisning 82 nafar deputati Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-modda 5-qo‘shimchasi birinchi va uchinchi qismlariga o‘zgartirish kiritish tashabbusini qabul qilmadi. Takliflar IIV tomonidan kiritilgan edi. Bu haqda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘zining telegram sahifasida xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 82 nafar Oliy Majlis deputati tezkor va maxsus transport vositalarining to‘siqsiz o‘tib ketishiga xalaqit berilgan holatlardagi jarimalarni oshirish taklifiga qarshi chiqib, ushbu o‘zgartirishlarni qabul qilmadi.

Deputatlar tomonidan quyidagi takliflar berilgan:

  • 17-moddasiga 1 qo‘shimcha kiritilib, tezkor va maxsus transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishini ta’minlash maqsadida yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchiga jarima qo‘llanilmaydi;
  • 128 moddaning 5 qo‘shimchasi 1 qismida taklif qilingan tezkor va maxsus transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishiga halaqit bergan haydovchiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdoridagi jarima qo‘llash tashabbusi rad etildi.

Oldinroq Alisher Qodirov xalqaro tajribaga asoslanib bunday transportlar uchun yo‘llarning maxsus qismlari bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tgan edi.