Hozirgi vaqtda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 504 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 212 nafari erkak, 292 nafari ayollardir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

9 yoshgacha bo‘lgan bemorlar soni 20 nafar (4%),10−19 yoshgacha — 29 nafar (5,8%), 20−29 yoshgacha — 84 nafar (16,7%), 30−39 yoshgacha — 132 nafar (26,2%), 40−49 yoshgacha — 137 nafar (27%), 50−59 yoshgacha — 72 nafar (14,3%), 60−69 yoshgacha — 22 nafar (4,4%), 70−79 yoshgacha — 7 nafar (1,4%), 80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,2%)ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan 194 nafar bemor Toshkent shahrida davolanmoqda. Hududlarda yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni bo‘yicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 nafar;
  • Andijon viloyatida 61 nafar;
  • Buxoro viloyatida 84 nafar;
  • Namangan viloyatida 51 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 70 nafar;
  • Xorazm viloyatida 18 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 6 nafar;
  • Navoiy viloyatida 2 nafar;
  • Samarqand viloyatida 1 nafar;
  • Jizzax viloyatida 1 nafar.

Laborator tahlillar natijasida kasalligi aniqlangan fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar karantinda bo‘lgan hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga davolash uchun o‘tkazilmoqda.

Shu kunga qadar 30 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aygan.