6 aprel kuni Xitoyning materik mintaqasida COVID-19 koronavirus infeksiyasidan birorta ham o‘lim qayd etilmadi, deb xabar berdi Sinxua XXR sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib.

Ushbu kun davomida mamlakatda 32 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi, ularning barchasi chet eldan keltirildi.

Dushanba kuni oxiriga kelib, Xitoyda jami 81,7 ming tasdiqlangan holat qayd etildi, 1242 bemor davolanishda davom etmoqda. 77,1 ming kishi to‘liq sog‘aydi va kasalxonadan javob berildi, 3331 kishi vafot etdi.