Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq aniqlangan holatlar 29 953 taга yetdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur turdagi qoidabuzarlik eng ko‘p Toshkent shahrida — 4929 ta holat aniqlangan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (3675 ta holat), Toshkent viloyati (3450), Samarqand viloyati (2936), Qashqadaryo viloyati (2584), Namangan viloyati (2011), Sirdaryo viloyati (1860), Andijon viloyati (1677), Jizzax viloyati (1582), Surxondaryo viloyati (1476), Xorazm viloyati (1239), Buxoro viloyati (1226), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (978) va Navoiy viloyati (330) bormoqda.

28438 ta holatda jamoat joylarida tibbiy niqob taqmasdan yurish aniqlangan bo‘lsa, 360 ta holatda karantin joyi tashlab ketilgan. Shuningdek, IIV 954 ta holatning boshqa sabablar bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi.

Shu bilan birgalikda, respublika miqyosida karantin va epidemiyaga qarshi kurash qoidalarin buzish bilan bog‘liq jami 11 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ularning 6 tasi sanitariya yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarining buzilishi (Jinoyat kodeksining 257−1- moddasi), 2 tasi karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish (244−5-modda) hamda 3 tasi hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish (228-modda) bilan bog‘liq.