Bosh prokuratura fuqarolarga 6 apreldan boshlab kundalik yuritishlarini so‘rab murojaat qildi.

Murojaatda har bir fuqaro qachon, kim bilan, qayerda va qay tarzda muloqot qilganini yozib borishi tavsiya etilgan.

«Ushbu ma’lumotlar avvalo, kasallikning oldini olish, uning tarqalishiga chek qo‘yish, pirovardida minglab odamlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

Oldinroq, Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslar yana kimlarga kasallik yuqtirganligini ma’lum qilgan edi.