Ayni paytda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 390 nafar bemorning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Yosh jihatdan jami bemorlarning:

  • 0−9 yoshgacha — 10 nafar (2,6%);
  • 10−19 yoshgacha — 15 nafar (3,8%);
  • 20−29 yoshgacha — 59 nafar (15,1%);
  • 30−39 yoshgacha — 111 nafar (28,5%);
  • 40−49 yoshgacha — 123 nafar (31,5%);
  • 50−59 yoshgacha — 48 nafar (12,3%);
  • 60−69 yoshgacha — 17 (4,4%);
  • 70−79 yoshgacha — 6 (1,5%);
  • 80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,3%)ni tashkil etmoqda.


Ayni paytda Toshkentda 170 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor davolanmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2, Andijon viloyatida 61, Buxoro viloyatida 19, Namangan viloyatida 48, Farg‘ona viloyatida 64, Xorazm viloyatida 18, Qashqadaryo viloyatida 6 hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda. Bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.


Bemorlarning 31 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. Shundan 9 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir baholanmoqda.