3 aprel kuni soat taxminan 00:50 larda Sirdaryo tumani «Sindarobod» mahallasi hududida joylashgan blok postga fuqaro U.N. o‘ziga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinada niqobsiz kelgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, fuqaro jamoat joyida baqir-chaqir qilib, xizmat vazifasini bajarayotgan Sirdaryo tumani IIB xodimlarini so‘kkan, mayda bezorilik sodir etib, tuman IIB xodimlarining uni tinchlantirish borasidagi qonuniy talablarini bajarmagan.

Fuqaro U.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi, 183-moddasi, 194-moddasining 1-qismi va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Ma’muriy ishlar bo‘yicha Sirdaryo tumani sudiga yuborilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Sirdaryo tumani sudining 3 apreldagi qaroriga asosan, fuqaro U.T.ga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, qamoqda o‘tirgan kunlari uchun undan 501 750 so‘m qamoq harajatlari undirilishi belgilangan.