6 aprel kuniga qadar umumiy 151 269 ming nafar fuqarolar karantin kuzatuvida bo‘lgan. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 88 695 nafar fuqaro ayni paytda statsionar va uy karantin kuzatuvida qolmoqda. Bundan 67 576 nafari uy karantin kuzatuvida bo‘lganlar va 21 119 nafari jami respublika bo‘ylab 155 ta statsionar muassasasida bo‘lib turganlar.

Shuningdek, 62 574 nafar fuqarolar «o‘zini yakkalash» (samoizolyatsiya) hayot tarziga o‘tkazilgan. Ulardan 56 221 nafari uy karantinidan va 6 353 nafari statsionar karantindan chiqazilgan.

6 aprel kuniga qadar umumiy karantin kuzatuvida bo‘lgan fuqarolar soni 151 269 ming nafar bo‘lib ularning aksariyati uy karantin holatida (123 797 nafari) o‘talgan.

Ma’lumot uchun, ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 48 taga oshib umumiy 390 nafarни tashkil etmoqda. Ulardan 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir.