Shu soatgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 390 nafarни tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Hozirga qadar bir kunlik o‘sish 42 тадан iborat.

«So‘nggi kunlarda barcha koronavirus holatlari xorijdan kelgan va statsionar sharoitlarda izolyatsiya qilingan shaxslar hamda infeksiya yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida aniqlandi», — deya ma’lum qildi bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.

Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bu yerda davolanayotgan 80 nafar bemorning 22 nafarida pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘ir.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 67 bemordan 1 nafarining ahvoli o‘rta og‘irlikda, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti, deya ma’lum qildi Nurmat Otabekov.